Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Saqlash
15:04 / 06.04.2022 983 0

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin maʼlum qildi.

 

“Ogʻir va uzoq davom etgan xastalikdan soʻng Vladimir Volfovich Jirinovskiy olamdan oʻtdi... Barchamiz uchun bu qaytarib boʻlmaydigan yoʻqotish. Uning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy qolsin”, — deyiladi xabarda.

 

Spiker Davlat Dumasi yigʻilishida ham Liberal-demokratik partiya yetakchisi vafot etganini maʼlum qilib, bir daqiqalik sukut eʼlon qildi. Partiyaning Dumadagi fraksiyasi Jirinovskiyning vafotini tasdiqladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//