O‘tkan olti oy mobaynida yurtimizda kartoshka importi qariyb 80 ming tonnaga oshgan

Saqlash
12:09 / 10.09.2021 936 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 79,1 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
Eron – 119,3 ming tonna
Qozog‘iston – 85,0 ming tonna
Pokiston – 75,5 ming tonna
Qirg‘iz R. – 16,8 ming tonna
Niderlandiya – 8,1 ming tonna
Rossiya – 4,2 ming tonna
Fransiya – 573,8 tonna
Afg‘oniston – 374,6 tonna
Germaniya – 66,3 tonna

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//