75-Kann kinofestivalining g'oliblari eʼlon qilindi.

Saqlash
16:05 / 30.05.2022 910 0

Oʻtgan tunda 75-Kann kinofestivalining natijalari eʼlon qilindi. Bosh sovrin – “Oltin palma yaprogʻi” shved rejissyori Ruben Estlundning “Qaygʻu uchburchagi” filmiga topshirildi. U 2017-yilda ham “Kvadrat” kartinasi bilan Kann kinofestivalida gʻolib boʻlgan edi.

 

 

 

 

Festival gran-prisini rejissyorlar Kler Deni va Lukas Dont “Tush vaqtidagi yulduzlar”, “Yaqin” filmlari uchun qoʻlga kiritishdi.

 

 

 

 

Eng yaxshi rejissyor

Pak Chxan Uk (“Ketish qarori” filmi, Janubiy Koreya).

 

 

 

Eng yaxshi ssenariy

Tariq Solih (“Osmondan tushgan yigit” filmiga yozgan ssenariysi uchun, Shvetsiya).

 

 

 

Eng yaxshi aktyor

Son Kan Xo (“Vositachi” filmi, Janubiy Koreya).

 

 

 

Eng yaxshi aktrisa

Zahro Amir Ibrohimiy (“Muqaddas oʻrgimchak” filmi, Eron).

 

 

 

Festivalning 75 yillik yubiley mukofoti

Aka-uka Jan-Per va Lyuk Dardenlar (Tori va Lokita filmi, Belgiya).

 

Oltin kamera (rejissyorlik debyuti)

Rayli Kio i Djina Gammell (“Jangari poni” filmi, AQSH-Britaniya).

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//