2023-yili Istanbulda oʻtkaziladigan “Turk dunyosi hikoyalar festivali” oʻzbek adabiyotiga bagʻishlanadi

Saqlash
21:06 / 07.06.2022 1047 0

Istanbulda boʻlib oʻtgan “Turk dunyosi hikoyalar festivali”da Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarboyjon kabi turkiy mamlakatlar ijodkorlari qatnashdi. Festivaldagi 39 nafar turkiy yozuvchi-shoir va tarjimonlar qatorida oʻzbek yozuvchilari – Isajon Sulton va Javlon Jovliyev ham ishtirok etishdi.

 

Javlon Jovliyevning oyina.uzʻga maʼlum qilishicha, 2023-yili Istanbulda oʻtkaziladigan “Turk dunyosi hikoyalar festivali” oʻzbek adabiyotiga bagʻishlanishi eʼlon qilingan.

 

– Bu oʻzbek adabiyoti istiqboli uchun muhim boʻlib, ona tilimizda yozilgan asarlar keng targʻib etiladi, koʻplab yozuvchilarimiz Istanbulga kelishadi, ustozlar xotirlanadi, kitoblar chop etiladi, turizm rivojlanadi. Barchamizga qutlugʻ boʻlsin, festival shunday yaxshi daraklar ila tugadi, – deydi u.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//