Bolalar orasida ilk marta maymunchechak aniqlandi

Saqlash
15:06 / 27.06.2022 1386 0

Bolalar orasida ilk marta maymunchechak Fransiyada aniqlandi. 

 

Maʼlum qilinishicha, kasallik boshlangʻich sinf oʻquvchisida qayd etilgan. “Bemor kuzatuv ostida boʻlib, davolanmoqda. Unda kasallikning ogʻir belgilari yoʻq”, deyiladi xabarda.

 

Hozirda sogʻliqni saqlash xodimlari bolaning kimlar bilan aloqada boʻlganini aniqlamoqda.

 

“Milliy taʼlim boshqarmasi bilan birgalikda bemor bilan muloqotda boʻlgan bolalarning ota-onalari bilan aloqa oʻrnatish choralari koʻrildi. Ota-onalarga simptomlarning koʻrinishini (isitma, toshma) kuzatib borish va kerak boʻlganda tibbiy xizmatlarni chaqirish tavsiya etildi”, deyiladi xabarda.

 

Fransiyada maymunchechak ilgari faqat kattalarda qayd etilgandi. Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda 330 ta infeksiya holati tasdiqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//