Sobiq bosh vazirning oʻgʻli talaba qizni oʻldirgani uchun 13 yilga qamaldi

Saqlash
21:06 / 27.06.2022 834 0

Moskvada sud 2018-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti (MGIMO) talabasi, qozogʻistonlik Tomiris Baysafani oʻldirishda ayblangan Murtazali Mejidovni 13 yillik qatʼiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, deb yozadi Meduza.

 

Mejidov sud maslahatchilari tomonidan aybdor deb topildi. Bu — ishning ikkinchi marta koʻrib chiqilishi boʻlib, 2021-yilda maslahatchilar kollegiyasi uni oqlagan, biroq Moskva shahar sudi u hukmni bekor qilgan edi.

 

2018-yil 13-aprelida 21 yoshli Tomiris Baysafa MGIMO binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketgandi. U hushiga kelmasdan, 3-may kuni kasalxonada vafot etgan.

 

Marhumaning onasi aytishicha, u oʻzining guruhdoshi, 2013-yilda Dogʻiston hukumatiga rahbarlik qilgan Muxtar Mejidovning oʻgʻli Murtazali Mejidov bilan ikki yil davomida uchrashib yurgan. Uning soʻzlariga koʻra, qizining oʻlimidan oldinroq Mejidov uni boʻsh auditoriyaga chaqirib, eshikni qulflab olgan va “oʻz noroziliklarini toʻkib-sochishni boshlagan”.

 

Mejidov qotillikda gumonlanib, 2020-yilda qoʻlga olingan. Unga qadar, Tomiris Baysafaning onasi aytishicha, tergov oʻz joniga qasd qilish versiyasida turib olgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//