Chegarani noqonuniy kesib oʻtgan 46 nafar muhojirning jasadi topildi

Saqlash
19:06 / 28.06.2022 833 0

AQSHning Texas shtati janubida tashlandiq yuk mashinasidan 46 kishining jasadi topildi. Bu haqda Associated Press rasmiy manbaga tayanib, xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 16 kishi tirik topilib, tibbiy muassasaga yetkazilgan.

 

Agentlik manbasiga koʻra, halok boʻlganlarning barchasi AQSH chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga uringan muhojirlardir.

 

Bojxona va chegara xizmati vakilining aytishicha, voqea joyiga milliy xavfsizlik tergov guruhi yetib borgan va hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//