Moskvada “Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi namoyish etildi

Saqlash
21:06 / 28.06.2022 1263 0

Moskva shahrida oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Bir taqdir koʻzgusida” nomli tadbir oʻtkazildi.

 

 

 

“Qalqon” talabalar byurosi jamgʻarmasi koʻmagida tashkil etilgan uchrashuvda taniqli oʻzbekistonlik huquqshunoslar, jurnalist va blogerlar, faol talabalar va mehnat migrantlari qatnashdi.

 

 

Kechada adib hayoti va ijodi bilan bogʻliq qiziqarli, foydali maʼlumotlar berilib, rejissyor Umid Hamdamovning “Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi namoyish qilindi.

 

Farrux Jabborov va Iqbol Qoʻshshayeva ssenariysi asosida suratga olingan hujjatli filmda bir asr ilgari Turkistonda boshlangan milliy uygʻonish harakati, madaniy-maʼrifiy yangilanish zarurati va bu jarayonda Abdulla Qodiriyning oʻrni haqida hikoya qilinadi.

 

 

Tadbir yakunida atoqli yozuvchi va hujjatli film toʻgʻrisida fikr-mulohazalar tinglandi, qatnashchilarga “Oʻtkan kunlar” romanining yangi nashri tarqatildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//