Taniqli aktyor Poll Radd sinfdoshlari xafa qilgan oʻsmirga chumoli-odam dubulgʻasini sovgʻa qildi

Saqlash
21:07 / 13.07.2022 1360 0

Iyun oyida tarmoqlarda amerikalik 12 yashar Broudi Ridderning oʻquv yili yakunida yillik sinf daftariga hech kim dastxat qoʻymagani haqidagi shikoyati paydo boʻldi. Broudining atigi ikki sinfdoshi va ikki nafar oʻqutuvchisi daftarga 1-2 qatorgina yozuv qoldiribdi, xolos. Boshqalar esa buni hohlashmabdi ham.

 

“Ishonamanki, sening doʻstlaring koʻp boʻladi”, degan yozuv bor edi Ridderning daftarida.

 

 

Ammo yuzta doʻsting boʻlmasa ham, bitta superqahramon bilan doʻstlashsang kifoya ekan. Xullas, sinfdoshlari ustidan shikoyat qilgan oʻspiringa “Chumoli-odam” filmi bosh qahramoni, mashhur aktyor Pol Radd chumoli-odam dubulgʻasini quyidagi dastxati bilan sovgʻa qildi: “Hali butun dunyoni zabt etadigan doʻstim Broudiga”.

 

Sovgʻadan tashqari aktyorning oʻzi ham u bilan telefonda suhbatlashgan.

 

Bolasining koʻp kamsitishlarga duch kelgani va sinfdoshlari doim ustidan kulib yurgani haqida oʻsmirning onasi gapirib berdi. Maktab rahbariyati bilan suhbatdan keyin bunday tahqir va kamsitishlarga barham berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//