COVID-19ning yangi toʻlqini Yevropani qamrab oldi

Saqlash
22:07 / 13.07.2022 850 0

Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Yevropada koronavirusning yangi toʻlqini haqida xabar berdi va 60 yoshdan oshgan odamlarni vaksinaning ikkinchi buster dozasini olishga chaqirdi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.


Marko Kavaleri, EMA salomatlik tahdidlari va vaksinalar strategiyasi departamenti rahbari payshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida koronavirusning yangi toʻlqini Yevropaning koʻplab mamlakatlarini qamrab olganini maʼlum qildi.


M.Kavalerining fikricha, “omikron” shtammining BA.4 va BA.5 variantlari Yevropa mamlakatlarida dominant boʻlib, iyul oyining oxiriga kelib qolgan barcha variantlar oʻrnini egallaydi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaqtda “omikron” shtammining ushbu turlari ogʻir kasallik xavfini oshirishi haqida hech qanday dalil yoʻq, ammo keksalar orasida infeksiya holatlari soni ortib bormoqda, bu esa ogʻir holatlarning koʻpayishiga olib keladi.


EMA mutaxassisi Yevropa Ittifoqidagi 60-79 yoshdagi va barcha yoshdagi zaif odamlarga koronavirus vaksinasining ikkinchi buster dozasi bilan emlashni tavsiya qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//