Oʻzbekistonda elektromobil importi 4,5 barobar oshdi

Saqlash
20:07 / 18.07.2022 893 0

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 125 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

 

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.

 

2022-yilning 6 oyida Oʻzbekistonga elektromobillar asosan Xitoydan import qilingan – 983 ta. Shuningdek, BAA (73 ta), Germaniya (27 ta), Gonkong (25 ta), Koreya (6 ta), Litva (6 ta) va Estoniyadan (2 ta) import qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//