“Temuriylar davri Renessansi” ilmiy-ma’rifiy markazi tashkil etiladi

Saqlash
19:10 / 11.10.2021 1490 0

Yakkabog‘ tumanidagi sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i obodonlashtirilib, zamonaviy infratuzilmalar yaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Yaqinda Shahrisabzda “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” deb nomlangan xalqaro konferensiyani yuqori darajada o‘tkazdik. O‘ylaymanki, ushbu anjumanni har ikki yilda o‘tkazib borsak o‘rinli bo‘ladi. Bu borada dunyo miqyosidagi tadqiqotlarni umumlashtirib, yangi izlanishlarga yo‘l ochadigan “Temuriylar davri Renessansi” ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, Yakkabog‘ tumanidagi Sohibqiron Amir Temur tug‘ilgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ini obodonlashtirib, zamonaviy infratuzilmalar yaratsak, ulug‘ ajdodlarimiz oldidagi farzandlik burchimizni bajargan bo‘lar edik. 

Shahrisabzda Xalqaro maqom festivalini o‘tkazish an’anasini yo‘lga qo‘yganimiz – maqom san’atimiz bilan birga, ushbu go‘zal shaharning shuhratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. 

Men nufuzli xalqaro sammitlarda, jumladan, Hindiston va Pokiston davlatlarining rahbarlari bilan uchrashuvlarda Xusrav Dehlaviy, Abdulqodir Bedil, Mirzo Gʻolib singari buyuk sharq shoirlarining tarixiy vatani Kesh shahri bo‘lganini, faxr bilan tilga olaman.

Turli davrlarda Nasaf shahrida yashab faoliyat ko‘rsatgan 400 nafardan ziyod – takror aytaman – 400 nafardan ziyod islomshunos olimlarning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, asarlarini bugungi tilimizda keng jamoatchilikka tushunarli qilib nashr etish – muhim vazifamizdir”, dedi prezidentlikka nomzod.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//