Janubiy Koreya ichki ishlar xodimasi migrantlarga oʻzbek tilida videomurojaat yoʻlladi

Saqlash
08:08 / 03.08.2022 834 0

Janubiy Koreya ichki ishlar xodimasi mamlakatda ishlayotgan oʻzbekistonliklar tovlamachilarga aldanib qolmasliklari uchun oʻzbek tilida murojaat yoʻlladi.

 

Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Janubiy Koreyada noqonuniy istiqomat qilayotgan migrantlarga qonuniy viza berilishi” haqida norasmiy xabarlar tarqalgan. Videomurojaatda ushbu xabar yolgʻonligi, shuningdek ayrim migrantlar maʼlum haq evaziga “viza olib beruvchi” firibgarlarga aldanib qolayotgani maʼlum qilingan. 

 

Ichki ishlar xodimasi migrantlarni bu kabi feyk xabarlarga ishonib, firibgarlarga aldanib qolishdan ogohlantirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//