Rossiyadagi oʻzbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

Saqlash
19:08 / 17.08.2022 745 0

Soʻnggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi bu masala yuzasidan yurtdoshlarimizga murojaat qildi. 

 

Murojaatlardan maʼlum boʻlmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

 

«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz.

 

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan» deyiladi agentlik murojaatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//