Saudiya Arabistoni fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirishlari mumkin boʻladi

Saqlash
10:08 / 18.08.2022 733 0

Oʻzbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 16-avgustdagi [PF-190 son] farmonida belgilangan.

 

Qayd etilishicha, mazkur rejim ikki mamlakat oʻrtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash shuningdek, Oʻzbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida joriy etilmoqda.

 

Vizasiz rejim 2023-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.

 

“2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakat aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi”, – deyiladi hujjatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//