“FlyNas” aviakompaniyasiga Jidda va Toshkent oʻrtasidagi aviaqatnov uchun ruxsat berildi

Saqlash
16:09 / 06.09.2022 845 0

Saudiya Arabistonining “FlyNas” aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

 

Aviakompaniya 15-sentyabrdan ushbu yoʻnalish boʻyicha reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

 

Qayd etilishicha, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan 2022-yil 26-avgustda “FlyNas” (Saudiya Arabistoni) aviakompaniyasining 2021-yil 25-iyundagi 12-K-sonli Ekspluatatsion ruxsatnomasiga Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun yangi Jidda – Toshkent – Jidda yoʻnalishi kiritilgan.

 

Aviakompaniya Jidda – Toshkent – Jidda yoʻnalishida haftasiga uch marotabadan parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

“FlyNas” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//