Saxovat


Saqlash
12:05 / 11.05.2023 0 1434

Did bilan kiyingan qiz sotuvchi kampirdan bir chelak qulupnay necha pul turishini so‘radi. Onaxon javob berdi:

 

– 350 rubl.

 

– 300 ga bersangiz olaman, bo‘lmasa yo‘q, – dedi xonimcha ishonch bilan.

 

– Qaysini ma’qul bilsangiz, o‘sha pulni tashlab keting, bolam... Tirikchiligimni o‘tkazish uchun menga pul kerak, – dedi onaxon muloyimlik bilan. 

 

Qiz qulupnayni o‘ziga ma’qul pulga sotib oldi va savdoni pishitganidan xursand bo‘ldi. So‘ng qimmatbaho mashinasiga o‘tirib, bir necha soatdan keyin dugonasi bilan yaxshi restoranga bordilar. 

 

Ular o‘zlari istagan taomni buyurtirdilar. Turfa suratlar olishdi, buyurtma qilganlarining anchasini qoldirgancha, biroz totingan bo‘ldilar... Ularning kechki ovqatiga 2600 rubllik hisob keldi. Xonimlar 3000 to‘ladilar, qaytimini esa choychaqa sifatida qoldirdilar. 

 

Ushbu hikoya hozirgi kunimizda, masalan, hashamatli restoran rahbari uchun mutlaqo normal holat tuyuladi, ammo shahardan ancha uzoq bo‘lgan 5 sotixli hovli tomorqasida yetishtirilgan qulupnay sotuvchisi uchun juda adolatsiz savdo edi. 

 

Aytingchi, nega biz muhtojlardan biron nima sotib olayotganda doimo qudratimizni ko‘rsatishimiz kerak? Nega yordamga muhtoj bo‘lmaganlarga saxiylik qilamiz? 

 

Otam ehtiyoji bor-yo‘qligiga qaramay, bechora kishilardan mahsulot sotib olar, ba’zan ularga so‘raganidan ko‘proq pul berardi. 

 

Bir safar undan so‘radim:

 

 – Dada, nega bunday qilasiz? 

 

Otam javob berdi: 

 

– Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq, bolam, doim saxiy bo‘lishga urinish kerak!

 

Internetdan olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 343
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 455
Mashrabning “o‘rtar”i

Bir kuni...

17:06 / 24.06.2024 0 416
Ajina ismli qiz



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210065
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99390
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24701
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24191
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18105
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17135
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16227
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14460
Ommaviy madaniyat

//