Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 208333

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Iloveyou

06:01 / 01.01.1970

insoniyat yaralayotgan ekan unda yomonlar ham yaxshilar ham tuğuladi yaxshilar ning bir yomon tomoni yomonlarning esa yaxshi tomonlar ham mavjud shunday ekan har doim ha qora doģga etibor beasligimiz kerak

Mashhura

06:01 / 01.01.1970

Jamiyatimiz shunchalik tozaki, shu sabab qora nuqtalar ko'zimizga yaqol tashlanadi. Agarda jamiyatimizda hamma yoq qora nuqtalarga tolib ketsa buni tasavur qilish juda qiyin😢😢😢 biza har doim to'g'ri yo'lni yani oq qog'ozni tanlab qora nuqtalarni yoq qilishga harakat qilishimiz kerak

madina

06:01 / 01.01.1970

salom barchaga yuqoridagi barcha fikrga qo`shilaman lekin biz insonni yaxshi tomonlaridan ham ko`proq yomon tomonlariga etibor beramiz.. bu yomon odatligini bilsak ham

Olimboyev Mirjalol

06:01 / 01.01.1970

ha to'g'ri fikr insonlar ko'pincha boshqalarning yaxshi tomonlarini gapirishdan ko'ra yomon taraflarini gapirishni yaxshi ko'rishadi

Doston

06:01 / 01.01.1970

Bizlarni barchamizni oq qog'ozdek yaxshi tomonlarimiz bor, lekin boshqalar bizni qora dogni korgani kabi faqat yomon tomonlarimizni koradi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1001
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208334
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98166
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23620
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13953
Ommaviy madaniyat

//