Oybek adabiy hikmatlaridan


Saqlash
15:09 / 14.09.2021 0 1330

* * *

Kitob – bir xazina, mutolaa – yorqin tabassumli hayotga boshlovchi mash’aldir.

 

* * *

Kitob va mutolaa Sizni qudratli ijod bulog‘iga boshlaydi. Kitob va mutolaa Sizni ko‘pdan ko‘p yangi bosqichlarga ko‘taradi.

O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom, siyosiy yuqori saviyali go‘zal yoshlarimiz bizning iftixorimizdir.

 

* * *

Do‘stlik – insonning eng a’lo fazilati.

 

* * *

O‘zbek xalqi azaldan buyon madaniyat bulog‘ining boshida bo‘lgan.

 

* * *

O‘qing, o‘rganing, turmushni biling, mehnat nash’asini, zavqini tuying va qadriga yeting.

 

* * *

Aziz va yosh do‘stlarim!.. She’riyat quyoshi, musiqasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go‘zal inson husnini beradi, eng nafis zavq bag‘ishlaydi. She’r va muzika dunyosida xulqingiz nozik go‘zallik, chuqur hissiyot kashf etadi.

 

* * *

Adabiyot – fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to‘xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha…

 

* * *

… Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg‘ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi…

 

* * *

… Adabiyotimizning tasvir obyekti – xalqimiz turmushi. U o‘z taraqqiyotida xalq hayotini, kurashini, orzu-armonlarini, his-tuyg‘ularini, fikr-xayollarini yangi jamiyat qurish yo‘lidagi faoliyatini badiiy aks ettirib rivojlandi, benihoya yutuqlarni qo‘lga kiritdi…

 

* * *

Adabiy asarlar turmushni jonli ko‘rsatib, odamlarning fikr va tuyg‘ulariga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy chuqur, fikr-his jihatidan to‘la adabiy asarlar o‘quvchini uzoq vaqt bog‘lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt (mavhum) tushuntirmay, konkret (aniq) badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi.

Adabiy asarlar ila ma’lum bir yo‘nalishda ommani tarbiya qilish, madaniy saviyasini, zavqini ko‘rsatish mumkin. Davrni to‘lqinlantirgan ulug‘ ideyalar, vazifalar, millionlarning hayotida ko‘rilgan o‘zgarishlar san’at asarlarida tajassumlanishi kerak.

Adabiyot xalqning jon-tani bo‘lgan bir ishdir, shuning uchun bizning bu sohadagi har bir muvaffaqiyatimizni, maydonga chiqqan har bir qimmatli asarni xalq o‘z g‘alabasi, deb biladi.

 

To‘plovchi – Musofir

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 128
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 524
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1002
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208334
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98166
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23621
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13954
Ommaviy madaniyat

//