“Sohibqiron Amir Temur” onlayn viktorinasi e’lon qilindi

10:04 / 03.04.2024 1330
Saqlash

Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlari bo‘limlari Sohibqiron Amir Temur viktorinasi onlayn intellektual tanlovini e’lon qiladi.

 

Viktorina 7-11-aprel kunlari ikki bosqichda onlayn shaklda, Telegram tarmog‘ida tashkil etiladi. Viktorinada qatnashish uchun @oyinatanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tish, kamida 5 nafar do‘stini tanlovga taklif qilish va test savollariga javob berish kerak bo‘ladi.

 

Birinchi bosqichda savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan 200 nafar ishtirokchi va tanlovga eng ko‘p do‘stlarini taklif qilgan (eng ko‘p referal ball to‘plagan) 50 nafar ishtirokchi final bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Yakuniy bosqichda 50 ta test savoliga eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan ishtirokchilar tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi.

 

Tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  

1-o‘rin – Televizor (43), Artel UA43H3502 4K UHD Smart;
2-o‘rin – Planshet (4/64), Samsung Galaxy Tab A8 4/64 GB;
3-o‘rin – Smartfon (6/128), Samsung Galaxy A14 6/128 GB;
4-5-6-7-8-9-10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami.

  

Tanlov targ‘ibotida faol ishtirok etib, eng ko‘p referal to‘plagan 5 nafar ishtirokchi ham “Eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi g‘olibi deb topiladi va har biri aqlli soat (Realme TechLife Watch S100) bilan taqdirlanadi. Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//