Turkiyadan keltirilgan qoʻylar choʻchqa bilan chatishtirilganmi? Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi


Saqlash
10:01 / 10.01.2023 1560 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyadan noodatiy koʻrinishdagi qoʻylar kirib kelayotgani va ular choʻchqa bilan chatishtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi choʻchqa bilan qoʻyni chatishtirilgani, undan choʻchqaga ham, qoʻyga ham oʻxshaydigan hayvon koʻpaytirilgani haqidagi gaplar asossizdir. Mutaxassislar fikriga koʻra tarqatilgan videoda «Belteks» qoʻy zoti koʻrsatilgan.

Hozirgi kunda dunyoda qoʻylarning 1000 dan ortiq zoti mavjud. Belteks qoʻy turi ham xuddi mana shunday oddiy qoʻy zoti. Bu qoʻyning choʻchqaga hech qanday aloqasi yoʻq.

Farazan ushbu qoʻylar boshqa hayvonlar bilan chatishtirilgan boʻlsa ham ulardan tugʻilgan qoʻzilar sharʼan goʻshti halol hisoblanadi. Bu haqda fuqaholarimiz shunday deyishgan:

«Chatishtirilgan hayvonlar borasidagi umumiy qoida shuki, onasining zoti eʼtiborga olinadi. Buni fuqaholar koʻp oʻrinda ochiq aytganlar» («Raddul muhtor» kitobi).

Yana bir qoida, agarchi hayvonning otasining goʻshti harom, onasiniki esa halol boʻlsayu koʻrishida otasiga oʻxshab ketsa ham, bu eʼtiborga olinmaydi. Balki unga onasining hukmi beriladi. Bu haqda Durrul muxtor kitobida shunday deyiladi:

“Oʻxshashlik ustun boʻlishining eʼtibori yoʻqdir”.

Qolaversa, harom va halol goʻshtli hayvonlar chatishtirilganda onasi halol goʻshtli boʻlsa, uni qurbonlik qilish joiz. Bu haqda «Raddul muhtor» kitobida shunday deyiladi:

«Hidoya va boshqa kitoblarda chatishtirishdan tugʻilgan (onasining goʻshti halol boʻlgan) hayvonni qurbonlik qilish joizligini ochiq bayon qilingan. Unda: «Xonaki va vahshiy hayvondan tugʻilgan hayvon hukmda onasiga ergashadi. Chunki (hayvonlarda) hukmda onaga ergashish — asl qoidadir. Hatto (farazan) boʻri qoʻyni homilador qilsa, tugʻilgan qoʻzini qurbonlik qilish joiz».

Shuningdek, biolog mutaxassislarning taʼkidlashicha, biror bir hayvon turi bilan ikkinchi bir boshqa hayvon turini chatishtirish bilan oraliq alohida bir tur olinmaydi. Bu fan uchun ham nihoyatda qiyin va olingan taqdirda ham u nasl bermaydi. Genetikaning fundamental qonunlari bunga yoʻl bermaydi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo markazi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

17:06 / 11.06.2024 0 95
“Chetdagi odam”

Ma’naviyat

12:06 / 10.06.2024 0 338
Insoniylikning “propiskasi” bo‘lmaydi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19673
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17204
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//