Shoir, tarjimon Aziz Said “Har bir inson hayoti davomida oʼqishi shart boʼlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
21:07 / 28.07.2023 1203 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʼzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʼQISHI SHART BOʼLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

 

Loyihaning 22-kuni shoir, tarjimon Aziz Said “Har bir inson hayoti davomida oʼqishi shart boʼlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Qurʼoni karim

2. Jaloliddin Rumiy “Maʼnaviy masnaviy” asari

3. Alisher Navoiy “Xamsa” asari

4. “Ming bir kecha” ertaklari

5. “Goʻroʻgʻli” va boshqa dostonlar

6. Homer, “Iliada” dostoni

7. Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” romani

8. Nozim Hikmat “Inson manzaralari” asari

9. Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar” romani

10. Abdulla Oripov, “Yuzma-yuz” sheʼriy toʻplami.

 

Aziz Said 1961-yil tugʻilgan. “Chiltor”, “Dili qani Bedilning”, “Gʻoyibdan doʻst bilan suhbatlar”, “Fursat darvozasi”, “Vaqt manzili” nomli sheʼriy kitoblar muallifi. U. Uitmenning “Maysa yaproqlari”, N. Hikmatning “Yusuf va Zulayho”, B. Brextning “Teatr va realizm”, Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan (2021). Ayni vaqtda “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharrir oʻrinbosari.

 

Oyinauzni Telegramda oʻqing!

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

San’at

14:07 / 26.07.2024 0 162
Tomoshabinni teatrga qaytargan rejissyor





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20037
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17733
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//