Ernest Hemingueydan yosh yozuvchilarga 10 maslahat


Saqlash
15:08 / 16.08.2023 599 0

* * *

Qaysidir hikoya ustida ishlar ekanman, odatda, tongda ishga kirishaman. Agar yozishga ishtiyoqim kuchli boʻlsa, hech kim, hech narsa menga mone boʻlolmaydi. Xonaning iliq yo sovuqligi ham ahamiyatli emas. Butun diqqatimni asarga jamlab, shavq bilan yozaman. Odatda, kelasi sahifalarda nimalar boʻlishini sezgan paytimda yozishni toʻxtataman va keyingi kungacha koʻzlayman.

 

* * *

Agar ertalabdan yozishga kirishsangiz kun yarmigacha davom etishingiz mumkin. Chunki ishni tez tugatsangiz, boʻsh qolgan vaqtingizni oʻtkazishda qiynalishingiz tabiiy. Soʻngra keyingi kunga qadar istalgan mashgʻulot sizga maʼnisiz koʻrinadi.

 

* * *

Asaringizni qisqa jumlalar bilan boshlang. Tili ham bir maromda boʻlishiga jiddiy eʼtibor qarating.

 

* * *

Hamisha pozitiv boʻlishga urining, negativlikdan iloji boricha uzoqlashing.

 

* * *

Asar tili va uslubi yashayotgan davringizga mos boʻlsin, aks holda u umuman oʻqilmaydi.

 

* * *

“Buyuk”, “muhtasham”, “favqulodda”, “aqlbovarqilmas” kabi ifodalardan kamroq foydalanishga harakat qiling.

 

* * *

Yozgim kelganida har doim ilk ijod qilishni boshlagan mehmonxonaning bir xonasidagi yolgʻizligimni eslayman. Siz ham barchaga mehmonxonadaligingizni bildiring, biroq boshqa nomni ayting. Qayerdaligingizni bilib qolguday boʻlishsa, tabiat qoʻyniga chiqing. Mabodo u yerni ham topishsa, umuman boshqa, xullas, qocha oladigan bir joyingiz boʻlsin. Kun boʻyi ishlang, keyin nimadir yeng, tennis oʻynang yoki hech narsa qilmang. Biroq, albatta, sizni charchatuvchi bir ish bilan shugʻullaning va keyingi kun yana yozishga kirishing.

 

* * *

Yozuvchi ijod jarayonida yolgʻiz boʻlgani yaxshi. Asarni tugatgachgina koʻzga koʻrining. Yoʻqsa, Nyu-Yorklik yozuvchilarga oʻxshab qolasiz. Ular bir shisha ichida yashayotgan sichqonlardek bir-birlari va shisha bilan boʻlgan munosabatlaridan foydalanishga urinishadi. Oʻsha shisha baʼzida estetik, baʼzida iqtisodiy, baʼzan esa diniy shaklda boʻladi. Bir marta shishaning ichiga tushishsa boʻldi, hamisha oʻsha yerda qolishadi, oʻzlarini oʻsha shishadan tashqarida yolgʻiz his qilishadi.

 

* * *

Baʼzida yozishda qiyinchilik cheksam darhol oʻz kitoblarimni qoʻlimga olaman. Oʻsha kitoblarni yozish qachondir menga qanchalik qiyinligi, hatto baʼzan imkonsiz koʻringanini yodga olaman.

 

* * *

Yaxshi yozuvchi koʻrganini tasvirlashdan kochgani maʼqul. U oʻz tasavvuridan foydalana olishi va asar yaratishni bilishi darkor.

Tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

San’at

14:07 / 26.07.2024 0 162
Tomoshabinni teatrga qaytargan rejissyor





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20037
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17733
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//