Saylov haqida qiziqarli 10 fakt


Saqlash
09:10 / 26.10.2021 1865 0

 

Buyuk amerikalik yozuvchi Mark Tvenning “Agar saylov nimanidir hal qilganida, bizni yaqin yo‘latishmas edi”, degan mashhur qochirimi qanchalik to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, lekin bugungacha insoniyat demokratik boshqaruvning bundan optimal usulini topa olmagan.

Dunyo keng, saylov haqida biz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar ko‘p. Qaysidir davlatlarda bu muhim siyosiy tadbirga qatnashish ixtiyoriy bo‘lsa, ba’zilarida majburiy. Ovoz berish jarayonini haftalab cho‘zadigan yoki elektron tarzda o‘tkazadigan, erkaklar va ayollar uchun alohida saylov uchastkalari tashkil etadigan mamlakatlar ham bor. Xullas, birinchi fakt.

1. Ko‘pgina davlatlarda saylov yakshanba kuni bo‘lishi qoidaga aylangan. Ammo AQShda – seshanba kuni. Qizig‘i, ingliz tilli o‘lkalarning aksariyatida ish kuniga mo‘ljallanadi. Kanadada dushanba, Buyuk Britaniyada payshanba, Avstraliya va Yangi Zelandiyada shanba kuni ovoz beriladi.

2. Hindistonda 800 milliondan ziyod saylovchi qayd etilgan bo‘lib, bu dunyodagi eng yirik ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Ovoz berish jarayoniga haftalar, hatto oylar ketishi mumkin. Masalan, 2014-yildagi saylov besh hafta davom etgan.

3. AQShda saylovchilarning faolligi nisbatan past darajada. 2020-yildagi saylovda ularning 66,7 foizi saylovda qatnashdi. Bunda ham AQSh tarixida yirik hajmdagi saylovchilar ishtiroki kuzatildi. Avvalgi yillari bu ko‘rsatkich 50 foiz atrofida bo‘lgan. Belgiyada esa yuqori ko‘rsatkich kuzatiladi. 2019-yilgi siyosiy jarayonda 88,47 foiz saylovchi ishtirok etgan.

 

 

 

4. Shunday davlatlar borki, saylovda qatnashmagan fuqaro jazoga tortiladi. Masalan, “bebosh” avstraliyalikka 20 avro (taxminan 15 AQSh dollari) jarima naqd. Agar bundan ham bo‘yin tovlasa, 180 AQSh dollari to‘lashga majbur va hatto jinoiy javobgarlik belgilangan.

5. Braziliya fuqarolari 16 yoshdan ovoz berish huquqiga ega. 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lganlar esa saylovda qatnashishi shart. Aks holda, jarimaga tortiladi. Avstriya, Nikaragua, Argentina, Indoneziya va Sudanda ham saylash huquqi 16, 17 yoshdan belgilanadi. Germaniyaning ayrim hududlarida 16 yoshli bolalar faqat mahalliy saylovlarda ovoz berishadi. Shotlandiyada 2014-yili 16 va 17 yoshli o‘smirlar referendumda birinchi marta qatnashdi.

6. 2005-yildan estoniyaliklar onlayn ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Lekin saylov uchastkalariga chiqish hali ham urfda. 2015-yili saylovchilarning 30 foizidan ko‘prog‘i elektron imkoniyatdan foydalangan.

          7. Shved va fransuzlar saylovchi sifatida ro‘yxatga kirmay qolishdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Chunki 18 yoshga to‘lgani 
zahoti har bir fuqaro elektron bazaga kiritiladi. Bu esa har saylovda qayta-qayta ovoragarchilik tug‘dirmaydi
.

8. Chilida 2012-yili erkaklar va ayollarning alohida-alohida ovoz berishi qoidasi bekor qilindi. Ammo bu an’ana ba’zi joylarda haligacha saqlanib qolgani aytiladi.

9. Gambiyada fuqarolar nomzodlarning rasmi tushirilgan nog‘orasimon metall idishlarga marmar toshcha tashlab, siyosiy irodasini ko‘rsatadi. Kimdir saylov qutisiga ikki-uchta “ovoz” tashlab yuborsa, maxsus qo‘ng‘roqcha jaranglab ketib, g‘irromchini fosh etadi.

 

 

10. Ishonsangiz agar, kosmosda uchib ham ovoz berish mumkin. 1997-yildan buyon kosmonavtlar ham saylovda ishtirok etish huquqiga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

14:05 / 21.05.2024 0 192
Layk gadolari yoxud xatarli inkubator





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19480
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16908
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi