Endi milliy bayrog‘imizni uyga ham ilib qo‘yishimiz mumkin – Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov


Saqlash
15:11 / 14.11.2023 901 0

Milliy bayrog‘imiz sportdagi faoliyatimda doimiy hamrohimga aylangan. Biz har bir g‘alabani birga nishonlaymiz. Jahon arenalaridagi yutuqlar aslida bayrog‘imizning yuksaklarga ko‘tarilishi bilan yanada qadrli. Bu shunday hissiyotki, o‘rnini hech nima bosa olmaydi.

 

Shu yil yozda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganidan behad quvondim. Milliy ramzimizdan endi kundalik hayotda ham kengroq va ko‘proq foydalansak bo‘ladi, bunga qonun asos bermoqda.

 

Davlat bayrog‘i va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida, sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda foydalanish mumkin.

 

Xorijda oddiy odamlar uylariga davlat bayrog‘ini ilib qo‘yganini ko‘rib havasim kelardi, endi bu imkoniyat bizda ham bor. Xalqaro musobaqalar va respublika chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlashda bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga to‘liq ruxsat etildi.

 

Milliy bayrog‘imiz bizni birlashtiradi, g‘urur va iftixor beradi, yanada kuchli qiladi! Yuksak marralarga chorlab turadi! Hali bu bayroqni boshimiz uzra ko‘p-ko‘p ko‘targaymiz!

 

Bahodir JALOLOV,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi

 


Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 03.07.2024 0 286
Navoiy Turkiston shaharlarini qanday tasvirlagan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19877
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17503
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//