Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
16:04 / 25.04.2024 2021 5

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. 

 

Loyihaning 69-kuni Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub” asari;

2. O‘tkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklarkitobi;

3. Pirimqul Qodirov, Yulduzli tunlar” romani;

4. Odil Yoqubov, Ulug‘bek xazinasi” romani;

5. Li Kuan Yu, Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi;

6. Yulian Semyonov, Bahorning o‘n yetti lahzasi” romani;

7. Aleksandr Dyuma, Graf Monte-Kristo” romani;

8. Breyan Treysi, Lider shaxsiyati” kitobi;

9. Rashad Nuri Guntekin, Choliqushi romani;

10. Zulfiyaxonim she’rlari.

 

Nargiza Ne’matova 1969-yil 23-aprelda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

 

U faoliyati davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘qituvchi, Olot tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor, Olot tumani hokimi o‘rinbosari tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

 

2020-yildan Buxoro viloyati Olot tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

2021-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan.

5 Izohlar

Qahramon

09:04 / 28.04.2024

Bu kitoblarning 4 tasini o'qigan ekanim

Дилором

20:04 / 27.04.2024

Бугун мутолаа қилаётган миллатнинг эртаси бор. Улар фикрлайдилар ва ўзгартирадилар.Мутолаа бу ҳаётдир. Шу учун ҳам Наргиза опа чинакам самимий суҳбатдош, меҳрибон аёл. Жудаям китоб кўп ўқиганлари сезилиб туради.Бугун тавсия қилаётган китоблари ҳар қанақа ёшдаги инсонни, китобхонни чин маънода ўзига жалб қилишига ишончим комил.

Nazifa

23:04 / 26.04.2024

Bu kitoblarni men ham òqiganman,haqiqatdan bir inson yetarlicha ma'naviy,ijtimoiy yetilishi ,jamiyatda òrninin topa olishi,tarixini òzligini anglashi uchun tafakkur qildiradigan eng sara asarlar tanlangan! Bugungi kunda bunday kitoblarni rahbarlar òqib,tarĝib qilishi ularning dunyoqarashi qanchalik keng ekanligidan darak berib va liderlik qobiliyati yanada yuksalishida xizmat qiladi deb òylayman.

Guli

23:04 / 26.04.2024

Hamma tomonlama ideal ayol, ideal ona, ideal raxbar, judayam havasim keladi. Nafaqat siyosiy bilimlari, balki, tibbiy hamda ma'naviy bilimlari, adabiyotni, she'riyatni sevishlari tahsinga loyiq. Har qanaqasigayam urnak olsak arziydigan tumanimizni jonkuyar hokimimiz salomat bo'lsinlar, el xizmatidan charchamasinlar.

Dilkaram

23:04 / 26.04.2024

Ассалому алайкум Наргизахон муваффакиятларингиздан жуда хурсандман. Мен хам Ховос тумани хоким уринбосари,хотин-кизлар раиси бб ишлаганимда семинарлар, академияда укиш вактларда учрашиб турардик. Ишингизга омад.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19946
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17587
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//