Maqtanchoq, odamovi va yaxshi bolalar – qanday farzand tarbiyalayapsiz?


Saqlash
14:05 / 07.05.2024 681 0

Ayrim ota-onalar farzandining odamovi, jurʼatsizligi va yo doimiy kayfiyatsiz yurishidan, shunday ulgʻayayotganidan xavotirga tushadi. Ularda «Nega bolasining tengqurlari tezda doʻst orttiradiyu, u bir joyda oʻtirishni afzal biladi, nega dilbandi oʻziga nisbatan ishonchsiz, zavqsiz", degan savollar paydo boʻladi. Bunday savollarga javob esa bitta – bu hol bolaning oʻz-oʻziga baho berishi bilan izohlanadi. Bolalar ham oʻzini baholaydimi, deyishingiz mumkin. Ishoning, baholaydi… 

 

Har qanday kishining oʻziga beradigan bahosi voyaga yetgan oilasi va uni oʻrab turgan atrof-muhitning qandayligiga bogʻliq. Masalan, hamisha tushkun kayfiyatda, muammolar qurshovida, faqat ish haqida oʻylab yuradigan ota-onaning farzandi oʻzini past baholaydigan, jurʼatsizroq boʻlib ulgʻayadi, koʻpincha. Xoʻsh, oʻziga ishonadigan, kuchli shaxsiyatli bola qanday tarbiyalanadi?

 

Uch yoshli bolada allaqachon oʻz “men”i shakllanayotgan, barcha ishlarni “oʻzim qilaman” degan ishonch uygʻonayotgan boʻladi. Buyurilgan va oʻzi qilishi kerak boʻlgan yumushlarni bajararkan, “mening qoʻlimdan keladi, koʻrdingizmi”, “qarang men oʻzim qildim” kabi maqtanishlarni ham esidan chiqarmaydi. Shuning uchun bunday vaqtlarda bolani urishmaslik, aksincha, ragʻbatlantirish, ishlariga qiziqish bildirish, savollariga toʻgʻri javob berish shaxsiyatini mustahkam boʻlishiga yordam beradi. Bu nafaqat uning yangi chehralar bilan doʻstlashishiga, balki, keyinchalik oʻquv mashgʻulotlaridan, yangi bilimlar egallashdan qoʻrqmasligiga ham yordam beradi.

 

 

Bolalarda oʻziga baho berish belgilari quyidagicha namoyon boʻladi:

 

Oʻziga past baho beradigan bolalar:

  • tashvishli;
  • oʻziga ishonchi yoʻq;
  • yigʻloqi va arazchi;
  • qoʻrquv va har narsadan yomonlikni kutadi;
  • oʻzini omadsizman deb oʻylaydi;
  • beqaror, yangi muhitga moslashishi qiyin;
  • yangi odamlar bilan tanishishi qiyin;
  • boshqalarning yutugʻini baholay oladi, ammo oʻzining maqsadlarini anglay olmaydi.