Adabiyotshunos Dilmurod Quronov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
13:05 / 15.05.2024 972 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYОTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 70-kuni adabiyotshunos Dilmurod Quronov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;

2. Abdulhamid Cho‘lpon, “Kecha” romani;

3. Erkin Vohidov, “Ruhlar isyoni” dostoni;

4. Abdulla Oripov she’rlari;

5. Murod Muhammad Do‘st, “Lolazor” romani;

6. Ahmad A’zam, “Asqartog‘ tomonlarda” qissasi (yoki “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga sayohat” romani);

7. Erkin A’zam, “Bayramdan boshqa kunlar” (yoki “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”) qissasi;

8. Xurshid Do‘stmuhammad, “Bozor” romani;

9. Xayriddin Sultonov, “Ko‘ngil ozodadur” qissasi;

10. Ulug‘bek Hamdam. “Muvozanat” romani.

 

Dilmurod Quronov 1960-yil 27-oktabrda O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1987-yilda Andijon Davlat tillar pedagogika institutini “Rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

 

Olimning o‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan “Ruhiy dunyo tahlili”, “Cho‘lpon: hayoti va ijodiy merosi”, “Istiqlol dardi. Cho‘lponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji”, “Cho‘lpon nasri poetikasi”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “G‘arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari”, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”, “Adabiy jarayonda “Mom sindromi”, “Mutolaa va idrok mashqlari”, “Zavqimdan bir shingil”, “Talqin imkonlari”, “Adabiy o‘ylar”, “Nazariy qaydlar”, “Adabiyot va b. haqida” kitoblari hamda “Adabiyot nazariyasi asoslari” nomli darsligi chop etilgan.

 

Filologiya fanlari doktori, professor Dilmurod Quronov 39 yildan beri ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 03.07.2024 0 290
Navoiy Turkiston shaharlarini qanday tasvirlagan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19877
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17503
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//