O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
17:05 / 27.05.2024 604 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. 

 

Loyihaning 71-kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. “Alpomishdostoni;

2. Alixonto‘ra Sog‘uniy,Tarixi Muhammadiy asari;

3. Zahiriddin Muhammad Bobur,Boburnomaasari;

4. Abdulla Oripov she’rlari;

5. Shukur Xolmirzayev hikoyalari;

6. Lev Tolstoy,Urush va tinchlikromani;

7. Ivan Turgenev,Otalar va bolalarromani;

8. Ibn Battuta,Sayohatnomaasari;

9. Piter Hopkirk,Katta o‘yinasari;

10. G‘iyosiddin Xondamir,Makorim ul-axloq kitobi.

 

Olim Toshboyev 1971-yili Surxondaryo viloyati Boysun shahrida tug‘ilgan. 1994-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. 

 

Olim Toshboyev mehnat faoliyatini O‘zbekiston radiosining “Adabiyot va radioteatr” bosh muharririyati katta muharriri lavozimidan boshlagan. “O‘zbekiston” telekanali “Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy” dasturlar bosh muharririyatining bosh muharriri, direktori, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali” DUK direktorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti “Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar”  kafedrasi dotsenti.

 

Uning “Abadiy zamondosh” adabiy-portret, “Oybolta ostidagi olomon” jurnalistik tadqiqot, “Botindagi bo‘ron” adabiy-publitsistik maqolalar kitoblari hamda “Ultontoz”, “Kishan” nomli romanlari chop etilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2009), filologiya fanlari nomzodi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 03.07.2024 0 293
Navoiy Turkiston shaharlarini qanday tasvirlagan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19877
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17504
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//