Hamster Kombat oʻynaganni pul kutadimi yoki qamoq?


Saqlash
20:06 / 14.06.2024 2685 0

“Hamster Kombat” oʻyini atigi 1 oy avval, 2024-yilning may oyidan boshlab dunyo boʻylab virus kabi tarqaldi. Oʻyin mohiyati shundan iborat-ki, ekranda aks etadigan ogʻmaxon (xomyak)  ustiga bossangiz, sizga tanga beradi. Yigʻilgan tangalar evaziga esa qoʻshimcha quvvat va nofaol boʻlgan vaqtingizda hisobingizga qoʻshiladigan tangalar sotib olishingiz mumkin. “Hamster Kombat” alohida ilova talab etmaydi. U telegram messenjeridagi dastur boʻlib, oʻyin oʻzining kriptobirja modelini taklif qiladi. Har bir ishtirokchi esa birjaning asosiy direktori sifatida oʻynaydi. Koʻproq tanga ishlab topish uchun koʻproq bosish kerak.

 

Buning nimasi qiziq?

 

Gap shundaki, oʻyin asoschilari ishtirokchilar yigʻgan tangalarni chinakam birjaga chiqarilishini vaʼda qilgan. 11-iyun kuni esa tez orada premarket boshlanishini va oʻyindagi token (tanga)larni sotish hamda sotib olish uchun arizalar yigʻa boshlanishi maʼlum boʻlgan.

 

Aniqroq qilib aytganda, hech qanday sarmoyasiz pulga erishish motivi koʻpchilikni oʻyinga jalb qildi.

 

Oʻyinda koʻproq tanga ishlab olish shartlaridan yana biri – doʻstlarni taklif qilish. Oʻzbekistondagi ishtirokchilar oʻyinning mana shu shartini oʻta faol bajargani hisobiga ham, Hamster mamlakatda oʻta tez ommalashdi. Ishtirokchilar oʻyin havolasini doʻstlariga shunchaki yuborishdan tashqari, oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari-yu telegram, yutub kanallarida ham doimiy boʻlishib borish yoʻliga oʻtgan. Oʻyin davomida ishtirokchiga Hamster Kombatʻning tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻlish va yutubdagi vloglarning har bir sonini koʻrganlik uchun maʼlum miqdorda token taklif qilinadi. Ayni vaqtda Hamsterʻning telegram kanal kuzatuvchilari 36 milliondan oshgan.

 

Qonunchilik nima deydi?


Qonunchilikka koʻra, 2021-yilda mamlakatdagi litsenziyadan oʻtgan birjalarda milliy valyuta evaziga kriptovalyutalarni almashtirish, sotib olish yoki sotishga rasman ruxsat berilgan. Bunda “Litsenziyaga ega” degan jumlaga diqqat qilish kerak boʻladi. Chunki aks holatlar uchun ham modda boʻlib, kripto-aktivlar bilan noqonuniy savdo qilgan fuqarolarga jinoiy javobgarlik belgilanib, kriptovalyutalar bilan yashirincha amaliyotlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslarga nisbatan esa jarimalar mavjud.

 

Kriptovalyuta oʻzi nima?


Bularning barchasini tushunish uchun kriptovalyuta oʻzi nima ekanini bilib olish kerak: bu raqamli valyuta boʻlib, u kriptografiya tizimi asosida, markazlashmagan kompyuterlar tarmogʻida yuritiladi. Kriptovalyutalar jismoniy shaklga ega boʻlmaydi. Kriptovalyuta sotib olish asosan, tavakkalchilikka asoslanadi. Chunki uning qiymati talab va takliflar asosida shakllanib, eng yuqoridan pastga qulashi yoki kutilmaganda oʻsib borishi ham mumkin.

 

Hamster oʻyinining algoritmi ham taxminan shunday – ishtirokchilar sonining ortishi, telegramning ichki tokeni ham haqiqiy birjaga chiqishiga yordam beradi. Oʻyindan ishlangan tangalar (tokenlar) esa Tonkiper hamyoni orqali berilishi aytilgan. Bu esa tabiiyki, Oʻzbekistonda litsenziyalangan kriptodoʻkonlar tarkibiga kirmaydi.

 

Kriptovalyuta sotganlar qamaladimi?

 

Aslida, kriptovalyuta savdosi mamlakat byudjetiga yaxshigina foyda keltiradi. 2022-yildan to 2024-yilning mayiga qadar byudjetga 40 million soʻmdan ortiq tushum boʻlgan. Yaʼni, fuqarolarning kriptoaktiv oldi-berdisi uchun qamab yuborilishidan hech qanday naf yoʻq. Shunchaki, har bir amal qonunga mos kelishi zarur.

 

Soʻngi kunlarda kriptovalyuta savdosi ortidan qamalganlar esa bu operatsiyalarni yashirin yoki litsenziyalanmagan kriptodoʻkonlar orqali bajarib kelgan. Muammo shundaki, jabrlanuvchilarning baʼzilar tegishli qonunchilik bilan tanish boʻlmagan, shuning uchun faoliyati javobgarlikka tortilishi haqida oʻylab ham koʻrmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 03.07.2024 0 283
Navoiy Turkiston shaharlarini qanday tasvirlagan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19877
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17501
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//