“Tilimizdagi so‘zlar arabda ham, forsda ham topilmaydi” – taraqqiyparvar Elbekning lug‘at xazinasi


Saqlash
12:06 / 26.06.2024 1486 0

XX asr boshlaridagi o‘zbek ziyolilarining ichida Elbek (Mashriq Yunusov, 1898–1942) alohida ajralib turadi. Ayniqsa, uning o‘zbek tilining himoyasi yo‘lidagi qator tadqiqotlari har qanday tahsinga loyiqdir. Jumladan, u “Turkiston”, “Qizil bayroq” gazetalari hamda “Inqilob” va “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallarida e’lon qilgan maqolalarida o‘zbek tiliga asrlar mobaynida kirib kelgan so‘zlarning o‘rniga sof turkiycha shakllarni taqdim etadi. Elbekning o‘zi buning sabablari haqida to‘xtalib: “Matbuotimizda, to‘g‘risini aytganda bosilmoqda bo‘lg‘on kitob, jurnal va gazetalarimiz, eski holidan o‘xshatib bo‘lmasliq darajada o‘zgarib, kundan kunga yuksalib, kengayib boradir. Bir vaqtlar, yaramas, yanglish iboralar, arabiy, forsiy so‘zlar va turkcha so‘zlar ham uchrayturg‘onning, “ni”, “moq”, “mak” kabi qo‘shimcha va masdar belgilarini o‘z yerlariga qo‘yilmag‘on tubsiz safsatalar bilan to‘lib chiqqon kitoblar o‘rnig‘a, bu kun (garchi butunlay yanglish yo‘q deb aytib bo‘lmasa-da) anchagina yo‘lg‘a qo‘yilg‘on kitob, jurnal va gazetalar bosilib turadir. Bu ish, bizning keyingi 3–5 yil orasida heyli yuksalganimizni ko‘rsatishga taniq (isbot, misol – M.Alijonov) bo‘la oladir. Biroq biz, bu yuksalishga yuz tutg‘on adabiyotimizni, ustidan qarab, sonini sanab, ko‘nglimizni quvontirib borg‘onimizda, bu kun bo‘lmasa ertaga bir turli ehtiyotsizliklar bilan tub yo‘limizg‘a egri chiziqlar ham chizib qo‘yishimiz mumkindir. Mana shunday yanglish yo‘llardan yosh matbuotimizni qutqazish va uni to‘g‘ri, foydali bir yo‘lg‘a solish uchun oz bo‘lsa-da biz tilning tub negizi va yasalishdag‘i ruhiy hamda uning ingichkaligi bilan tanishmoq tegishdir (lozimdir – M.Alijonov). Hozirda matbuotimizda soddalashgan va arabiy, forsiy so‘zlarning o‘rnig‘a turkiy so‘zlar ishlana boshlag‘on esa-da, shu oling‘on so‘zlarning ko‘pi arab, forsiy so‘zida (tilida – M.Alijonov) anglashilg‘on ma’noning juda (xuddi – M.Alijonov) o‘zi bo‘la olmay qoladir. Bundan boshqa til-imlo qoidalarida esa tub qoidaga teskari o‘laroq tuzilgan yanglish va g‘oyat fahsh so‘zlar ham uchrab turadir… Tilimiz orasida hali arab, forsning bo‘yunturug‘i ostida ezilmagan erkinli ravishda yashab kelmakda bo‘lg‘on shunday nuqul (xolis) turkiy ma’nog‘a boy so‘zlar, turli o‘simlik, jonivorlar uchun xos atalib qo‘yulg‘on atamalar bordirkim, buning arabning “Makkasi”, forsning “Mashhadi”dan ham topilishi mumkin emasdir” deb yozgan holda, “Turkiston” gazetasida maxsus tarzda “Lug‘at va atamalar bobi”ni ochishni taklif etdi va bunda keng jamoatchilikni ishtirok etishga chaqirdi.

 

“Lug‘at va atamalar bobi” “Turkiston” gazetasining 1923-yilgi 168, 169, 174, 177, 180, 183, 188, 191, 198, 199-sonlarida chop etilgan bo‘lib, unda arab, fors va rus tillaridagi jami 550 ta so‘zning sof turkiycha shakllari taqdim etilgan. Biz quyida ushbu lug‘atdan ba’zilarini keltirmoqdamiz.

 

Elbekning ushbu lug‘ati ilk bor bugungi kun o‘quvchilari e’tiboriga havola etilmoqda.

 

Lug‘at va atamalar

 

O‘zga tildagi atamalar

Atamalarning turkiy tildagi shakli

Doira

Tegra – tevarak

Qahat

Yut

Idora

Boshqarma

Hukumat

Buyurma

Noib

Bosqoq

Podshoh

Xon

Imperator

Xoqon

Mamlakat

O‘lka

Asir

Tutqun

Payg‘ambar

Yalavoch

Bechora

Boyaqish

Mehnat

Ish

Istiloh

Atama

Miskin

Yo‘qsul

Yetim

O‘ksuz

Xat

Chiziq

Poytaxt

Xonboliq

Shahar

Boliq

Dunyo

Ochun

Qavm

Ulus

Xalq

El

Zolim

Yovuz

Shu’la

Yog‘du

Aeroplan

Uchg‘ich

Savol

So‘rog‘

Ishorat

Imo

Dori

Em

Tabib – do‘xtur

Emchi

Apteka

Emloq

Ittifoq

Birikma

Tashkilot

Uyushma

Istehkom-Крепост

Qo‘rg‘on

Asorat

Tutqunliq

Fasod

Buzg‘un

 Xabar

Darak

Fursat

Payt

Vaqt

Chog‘

Qalam

Yozg‘ich

Ohang

Kuy

Maslahat

Kengash

Nasihat

O‘gut

Asokir

Qo‘shun

Notiq

Chechan

Sabr

To‘zim

Gunoh-ma’siyat

Yazoq

Vatan

Yurt

Jannat

Uchmoh

Do‘zax

 Tamug‘

Adad

Son

Foyda

Asig‘

Muhr-pechat

Tamg‘a

Guvohnoma

Ishonch bitigi

E’lon

Bildirish

Xat, kitob

Bitik

Mavqe, istansiya

Bekat

Duo

Olqish

Navbat

Gal

Qabr, go‘r

Sag‘ana

Birodar

Og‘a-ini

Taraf

Tomon

Jihat

Yoq

Xususan

Ayniqsa

Sayyoh

Kezguvchi

Sayohat

Kezish

Qiyofa

Turq

Shakl

Aft

Irq

Tus

Sehrgar

Ko‘zboqchi

Odat

Qiliq

His

Sezgi

Darmon

Tinka

Xasis

Ziqna

Baxil

Qurumsoq

Barakat

Qut

Muborak

Qutlug‘

Qonun

Tuzuk

Hadya

Sovg‘a

Ta’zim

Yukun

Juma (hafta kuni)

Odina

Tag‘yir

O‘zgarish

Inqilob

To‘nkarish

Muvofiq

Mos

Hurriyat

Erk

Qadam

Odim

Nodir

Sayg‘uli

Shuhrat

Dong

Mashhur

Dongli

Majnun

Telba

Tartib

Yo‘sun

Adabiy majlis

Gurung

 Intiho

Chek

Hudud

Chegara-avvat

Yordam, muovanat

Ko‘mak

Kam

Oz

Non

Yemak

Meva

Yemish

Beruh

So‘lg‘on

Sharob

Chog‘ir

Mamnu’

Qatag‘on

Pushaymon

O‘kinch

Afsus

Essiz

Noqis

Eksik

Maqsad (ideal)

Tilak

Da’vat

Undash

Savob

Ezgu

G‘am-g‘ussa

Qayg‘u

Faqir

Qashshoq

Husn

Ko‘rk

Musiqa

Cholg‘u

Tabaqa

Qatlam

Soya

Ko‘lanka

Rahm

Ayash

Baxt

O‘roz

Rost, haqiqat

Chin

Oshpaz

Bakovul

Markaz

Kindik

Nabotot

O‘simlik

Mahr

Qalin

Aql

Ong

Fahm

Es

Qonun

Bosqoq

Asl

Tub

Qahramon

Botir

Jasur

Yovqur

Dushman

Yov

Alomat

Belgi

Ma’lum

Belgili

Fasl

Palla

Rizq

Ozuq

Farz

Burch

Nazorat

Qaramoq

Musobaqa

O‘zishma

Aslaha

Qurol

Hayo

Uyat

Barg

Yaproq

Salomat

Sog‘

Muallim

O‘qitg‘uvchi

Mashaqqat

Imgang

Dehqon

Ekinchi

Ig‘vo

Qutqu

Taqdir

Yozmish

Shoir

Oqin

Amir

Bek

Stul, kursi

O‘rindiq

Tarjimon

Tilmoch

Mustaqil

O‘z boshli

Tamom

Tugal

Abat

Turg‘un

Oftob

Quyosh

Atrof

Tegra

Matonat

Chidam

Qatliom

Qirg‘in

Subh

Tong

Rais

Boshliq

Sarkotib

Yozg‘uvchi

Hazin

Mung

Sado

Un

Musovot

Tenglik

Tarafdor

Yoqdirash

Doxiliy

Ichki

Xorijiy

Tashqi

Tig‘, asbob

Yaroq 

Muhofiz

Soqchi

Zanjir

Bog‘lov

Namuna

O‘rnak

Ibtido

Boshlang‘ich

Ittihod

Birlik

Asos

Negiz

Intiqom

O‘ch

G‘ayr

O‘zga

Asli

O‘zak

Zahar

Og‘u

Oson

O‘nga’y

Matbaa

Bosoq

Tan

Gavda

Qadim

Burun

Ig‘vo

Qutqu

Beozor

Yuvosh

Oliy

Yuksak

Mag‘firat

Yorlaqash

Tasodif

To‘qnash

Natija

Sanoq

Hisob

Sayg‘i

Istehzo

Uchrum

Qabila

Aymoq

Iqtisod

Tejash

Hunarmand

Jo‘ybor

Jazm

Qunt

Kayf

Yinak

Josus

Tilchi

Peshona

Manglay

Hosil

Unum

Haykal

Balbal

Kalit

Ochg‘ich

Lab

Dudog‘

G‘anima

O‘lja

Muxtalif

Qorishiq

Taxmin

Chama

Sulh

Yarash

Hukm

Kesim

Muohada (dagovor)

Kelishish

Tole’

Ko‘rgulik

Avans

Bo‘nak

Xato

Yanglish

Nasr

Sochma

Nazm

Tizma

Invalid

Mayib

Bahodir

Alp

Gul

Chechak

Farmoni oliy

Yorliq

 

Nashrga tayyorlovchi: Muslimbek ALIJONOV,

tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 03.07.2024 0 41
Navoiy Turkiston shaharlarini qanday tasvirlagan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19858
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 17469
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//