“Baʼzi aloqa kompaniyalarida maxsus oʻyinlar bor. Unda shu oʻyinga ulangan odamning hisobidan mablagʻ yechib olib, har kuni har xil daqiqa, SMS va MB beriladi. Oʻyinda ishtirok etayotgan shaxs qanday yutuq olishini bilmaydi. Shu oʻyinda ishtirok etish mumkinmi”, degan savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati javob berdi.
«Fuqaholarimiz “Magʻlublarning molidan gʻolibga berilishi shart qilingan har qanday oʻyin — qimordir” deb aytganlar («Taʼrifotu Jurjoniy» kitobi). Shundan kelib chiqib, savolda soʻralgani kabi koʻpchilikdan mablagʻ yigʻib, maʼlum bir kishilar yutuq olib ketadigan oʻyinlar qimorga kiradi», deyiladi unda.
Adabiyot
Adabiyot
Tarix
Adabiyot
Ta’lim-tarbiya
Adabiyot
Til
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Din
Adabiyot
San’at
//
Izoh yo‘q