Oʻzbekiston boks federatsiyasi Osiyoda “Yil federatsiyasi” deya tan olindi

Saqlash
17:10 / 17.10.2023 1396 0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi boʻlib oʻtdi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, tadbirning kun tartibidan qitʼa boksi rivojiga oid bir qator masalalar, shuningdek, 2022-yil mintaqada oʻtgan barcha musobaqalar hisoboti oʻrin oldi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi oʻtgan 2022-yil hisobidan medallar jamgʻarish boʻyicha Osiyoda “Yil federatsiyasi” deya tan olindi va qitʼa boks konfederatsiyasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi. Sovrinni Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//