Qozogʻistonda Leninning qulagan haykalini tiklashga qarshi petitsiya boshlandi

Saqlash
16:11 / 03.11.2023 2282 0

Qozogʻistonda Oltoy shahridagi maydonda taʼmirlash ishlari paytida qulab tushgan Lenin haykalini qayta tiklamaslik boʻyicha petitsiya boshlandi. Bu haqda KazTAG'ga tayanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Ishchilarning aytishicha, yodgorlik “oʻz-oʻzidan qulagan”, garchi tarqalgan videolarda haykal joyidan siljitilganini koʻrish mumkin boʻlsa-da.

Petitsiyada Lenin zoʻravonlikning prinsipial tarafdori boʻlgani va SSSRni koʻplab xalqlarning, jumladan, qozoqlarning ham suyagi va qoniga qurgani aytiladi: “Bu Golodomor, qatagʻonlar, urushlar, repressiyalar, Semipalatinsk poligonidagi yadro sinovlari, qurigan Orol dengizi va boshqalardir”, — deyiladi petitsiyada.

Lenin haykali restavratsiyasiga qarshilar uning oʻrniga mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan Qozogʻistonning haqiqiy qahramonlari xotirasini abadiylashtirishni taklif qilmoqda.

Petitsiya eʼlon qilingan paytda 2853 kishi Lenin yodgorligini boshqasiga almashtirish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan, 1484 kishi esa qarshi chiqqan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//