Shavkat Mirziyoyev Bayraktar dronlarini tekshirib koʻrdi (foto)

Saqlash
10:11 / 17.11.2023 937 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Mamlakat mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar qoʻshinlarning jangovar salohiyati va harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.

Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Oʻquv binolari, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, sport zali eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

 

 

 

Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qoʻriqlashda qoʻllanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni koʻzdan kechirdi. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida taʼkidlandi, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Davlat rahbariga “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish