Bahodir Jalolov va boshqalar. Toshkentda oʻtgan professional boks oqshomining natijalari

Saqlash
14:11 / 18.11.2023 1763 0

Kecha, 17-noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da WBC tashkiloti hamda Lift promouterlik kompaniyasi hamkorligida katta professional boks oqshomi oʻtkazildi.

Kechaning asosiy jangida ogʻir vazn toifasida oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning ikkinchi daqiqasida chuqur nokautga uchratib, gʻalabaga qozondi.

Shuningdek, Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Abdumalik Xalokov va Mujibillo Tursunovning ham raqiblaridan qoʻli baland keldi.

Natijalar:

Ikkinchi eng yengil vaznda (-55,2): Avetis Nalbandyan (Armaniston) — Vikash Dahiya (Hindiston). Ochkolar hisobiga koʻra Nalbandyanning gʻalabasi;

Yarim yengil vaznda (-57,1 kg): Abdumalik Xalokov (Oʻzbekiston) — Oleksandr Yegorov (Ukraina). 2-raundda texnik nokaut evaziga Xalokovning gʻalabasi;

Yarim oʻrta vaznda (-66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov (Oʻzbekiston) — Maono Alli (Tanzaniya). 2-raundda texnik nokaut evaziga Abduqahhorovning gʻalabasi;

Eng yengil vaznda (-53,5 kg): Miraziz Mirzahalilov (Oʻzbekiston) — Runqi Jou (Xitoy). Ochkolar hisobiga koʻra Mirzahalilovning gʻalabasi;

Oʻrta vaznda (-72,5 kg) WBC Sentral Asia turniri finali: Anvar Turopov (Oʻzbekiston) — Suhrob Qayumov (Oʻzbekiston). 2-raunddan soʻng Qayumovning gʻalabasi qady etildi;

Birinchi oʻrta vaznda (-69,8 kg) WBC International kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSH) — Karlos Molina (Meksika). 9-raundda texnik nokaut evaziga Hadribeyning gʻalabasi;

Birinchi yarim oʻrta vaznda (-63,5 kg) WBC Sentral Asia kamari uchun: Mujibillo Tursunov (Oʻzbekiston) — Yangcheng Jin (Xitoy). Ochkolar hisobiga koʻra Tursunovning gʻalabasi;

Oʻrta vaznda (-72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozogʻiston) — Xulio Alamos (Chili). Ochkolar hisobiga koʻra Nursultanovning gʻalabasi;

Co main event: Ikkinchi oʻta yengil vaznda (-52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun: Pedro Guyevara (Meksika) — Karlos Kuadras (Meksika). Ochkolar hisobiga koʻra Kuadrasning gʻalabasi.

Markaziy jang: Ogʻir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (Oʻzbekiston) — Kris Tompson (JAR). Birinchi raundda Jalolovning gʻalabasi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//