“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Saqlash
15:11 / 18.11.2023 2405 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Ulugʻimsan, Vatanim” mavzusidagi videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

 

Oyina.uz portali murojaat botiga 800 dan ortiq videorolik kelib tushdi. Ular orasidan hakamlar hayʼati qaroriga koʻra asosiy gʻoliblikka quyidagi nomzodlar munosib topildi:

 

1-oʻrin – Odiljon Nabijonov, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassisi;

2-oʻrin – Munavvar Baxtiyorova, Toshkent kimyo texnologiyalar universiteti Samarqand filiali o‘qituvchisi (qizi Samarqand shahridagi 20-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Charos Azizova bilan birgalikda);

3-o‘rin – Erkin Pardayev, Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi matbuot kotibi.
 

E’lon qilinganidek, asosiy g‘oliblar televizor (1-o‘rin uchun 50 o‘lchamli, 2-o‘rin uchun 43 o‘lchamli, 3-o‘rin uchun 32 o‘lchamli) bilan taqdirlanadi.

 

Hakamlar hay’ati 3 nafar nomzodni ragʻbatlantiruvchi mukofotga tavsiya etdi:


1. Orzubek Temirov – Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi;

2. Akmaljon Tojialiyev – Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 32-maktab o‘qituvchisi;

3. Botir Sharipov – Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi 8-maktab o‘qituvchisi (qizi, 5-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Anora Rahmonberdiyeva bilan birgalikda);

 

Ushbu sovrindorlarga kitoblar toʻplami taqdim etiladi.


Barcha gʻoliblarni mukofotlar bilan samimiy tabriklaymiz.

 

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish