Amir Temur saltanatidagi xavfsizlik xizmatiga bagʻishlangan kitob nashr qilindi

Saqlash
10:12 / 30.12.2023 2854 0

“Amir Temur davlatining rivojlanishida xavfsizlik xizmatining roli va oʻziga xos xususiyatlari” monografiyasi nashr etildi.

 

Sarhadlari Xitoy devoridan to Misr ehromlarigacha boʻlgan ulkan hududni qamrab olgan Amir Temur saltanatida xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor berilmasligi mumkin emasdi. Muallif, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Abror Qilichev mazkur kitobida Amir Temur davlat boshqaruvi tizimining xavfsizlik xizmati instituti faoliyati, vazifalari va ishlash mexanizmini tadqiq etgan.

 

Monografiya buyuk davlat arbobi Amir Temurning hayoti va siyosiy faoliyati bilan qiziquvchi siyosatshunos, faylasuf, tarixchi kabi olim-tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//