Endi qandli diabetni ko‘zdan bilish mumkin

Saqlash
09:01 / 30.01.2024 1044 0

Maʼlumki, bu kasallikning biz bilgan va bilmagan ko‘plab asoratlari bor. Masalan, qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi oqibatida ko‘rish qobiliyatining pasayishi, hatto umuman yo‘qolishi mumkin. Biroq bular kasallikning o‘rta va og‘ir davrlarida kuzatilgan simptomlardir.

 

Rossiyalik olimlar endilikda bu kasallikni boshlanish davridayoq aniqlashning o‘zgacha uslubini topishdi. Ular yaratgan neyrotarmoq ko‘z fotosuratlari orqali diabet oqibatida yuzaga keladigan to‘r parda patologiyasini aniqlash imkonini beradi.

 

Innovatsion ishlanma matematik model asosida ishlaydi. Yaʼni maxsus dastur sunʼiy intellekt yordamida diabetik retinopatiyaga erta bosqichda, 88,7 foiz aniqlikda tashxis qo‘yadi. Buning uchun neyrotarmoqqa bemorning ko‘z suratlari joylashtirilishi kerak.

 

Olimlar yaratgan yangi model fotosuratlarni o‘ta yuqori tezlikda tahlil qilib(to‘r pardasida qon ketishi, lipidlar to‘planishi, tomirlar o‘sishi va devorlarining ingichkalashishi kabi belgilarga qarab), xastalikni aniqlab beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//