Eng ko‘p murojaat taʼlim sohasi va sudlov tizimi bo‘yicha kelib tushgan

Saqlash
16:01 / 31.01.2024 803 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari 2023-yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlilini keltirdi.

 

Jumladan, Agentlikka 3,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularning eng ko‘pi, yaʼni 511 tasi taʼlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha bo‘lsa, 406 tasi sud qarorlaridan noroziliklar, 301 tasi davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlardir.

 

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Agentlik tomonidan davlat xaridlari, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 225 taqdimnoma, javobgarlik masalasini hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 227 so‘rovnoma yuborilgan.

 

So‘rovnomalar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 23 jinoyat ishi va 96 maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan, 74 nafar shaxs esa intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//