Angliya chempionatida endi o‘zbek futbolchisi ham to‘p suradi

Saqlash
09:02 / 01.02.2024 499 0

Maʼlumot uchun, Muhammadali O‘rinboyev “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

 

Manbaga ko‘ra, O‘rinboyev faoliyatini “Brentford” klubida davom ettiradi.

 

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, futbolchi 30-iyungacha “Brentford”da ijara asosida o‘ynaydi. Mazkur muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Taʼkidlash kerak, O‘rinboyev “Paxtakor”da 17 yoshga to‘lmasdanoq o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Shuningdek, u o‘z yosh toifasi bo‘yicha terma jamoa aʼzosi sanaladi.

 

Iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqarishda davom etayotgan “Paxtakor” akademiyasi navbatdagi tarbiyalanuvchisini ham xorij chempionati kuzatib qo‘ydi. Ammo bunisi haqiqatdan ham eng yaxshi yutuqlardan biridir. Sababi, hozirgacha Angliyaning professional klublarida o‘zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.

Hozirda “Brentford” klubi Angliya Premer-ligasida 15-o‘rinda bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//