Nodirbek Abdusattorov mukofot jamgʻarmasi 200 ming AQSH dollari boʻlgan nufuzli turnirda qatnashmoqda

Saqlash
15:02 / 10.02.2024 1480 0

Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat boʻyicha oʻtkazilayotgan “Freyestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirida dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

 

Musobaqada sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen, shaxmat tojining amaldagi sohibi Den Lijen, mahoratli grossmeysterlar Alireza Firuzja, Fabiana Karuana, Levon Aronyan, Dommaradju Gukesh, Vinsent Kaymar ham bor.

 

Qatnashayotgan turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 200 ming AQSH dollaridan iborat. Bunda 1-oʻrin sohibi 60 ming, 2-oʻrinni egallagan 40 ming, 3-oʻrindan joy olgan shaxmatchi 30 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

 

Albatta, sovrin jamgʻarmasi qolgan oʻrinlar uchun ham taqsimlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//