Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

Saqlash
10:02 / 12.02.2024 789 0

2024-yil 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarovning mazkur Kengashga qabul qilingani eʼlon qilindi.

 

Ushbu qarorni Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari oʻqib eshittirgan.

 

Maʼlum boʻlishicha, kengash raisi Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urgʻu bergan.

 

“Yigʻilishda ishtirok etgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdi”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//