Oʻzbekistonlik bokschilar nufuzli musobaqada birinchi oʻrinni egalladi

Saqlash
11:02 / 12.02.2024 923 0

Mazkur turnirda 30 ga yaqin mamlakatdan 250 nafardan ortiq charm qoʻlqop ustalari ishtirok etdi.

 

Xabarga koʻra, Bolgariyaning Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha nufuzli “Stranja” xalqaro turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

 

Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi oʻrindan joy olgan.

 

Maʼlumot uchun, turnirda Hindiston ikkinchi, Bolgariya termasi esa uchinchi oʻrinni egallagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//