Dok-1 Maks ishi: Ayblanuvchini 20 yilga “kesish” talab qilindi

Saqlash
16:02 / 12.02.2024 923 0

Xabarga koʻra, sudda jabr chekkan bolalarning oilalari uchun tovon puli undirish kerakligi ham aytilgan.

 

Yaʼni, 68 nafar vafot etgan, 16 nafar ogʻir tan jarohati olgan bolalar uchun sudlanuvchilardan 100 mln soʻmdan, 2 nafar yengil tan jarohati olgan bolalar uchun esa 20 mln soʻmdan tovon puli undirish soʻralgan.

 

Shuningdek, sudda soʻz olgan prokuror Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.K. va uning ikki oʻrinbosari sifatida ishlagan A. A. hamda M. N. ga 18 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini soʻragan.

 

Shu bilan birga, ushbu mansabdorlarning har birini 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish talab qilingan.

 

Hindistonlik ayblanuvchi S. R. P. ga esa prokuror 20 yil qamoq jazosi soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//