400 ming soʻmlik banknot muomalaga chiqarilgani haqidagi xabar rad etildi

Saqlash
09:02 / 19.02.2024 882 0

Ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming soʻmlik bankrotlar muomalaga chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Markaziy bank buni rad etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, tarqalgan suratda 100 ming soʻmlik banknotning nominali koʻrsatilgan raqamlarini 400 ming raqamiga oʻzgartirilgani aks etgan.

 

“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 ming soʻm nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolgʻon xabarlarga aldanib qolmasligini soʻraymiz”, deyiladi izohda.

 

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 39-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

 

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//