Ertaga ham Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Saqlash
14:02 / 19.02.2024 912 0

“Oʻzgidromet” 20-fevral, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; choʻl hududlarda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻishi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq boʻladi.

 

19—22-fevral kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//