“Yosh kitobxon” tanlovida navbatdagi avtomobil Qashqadaryoga ketadigan boʻldi

Saqlash
15:02 / 20.02.2024 1176 0

Tanlovning navbatdagi respublika final bosqichi 15-19 yosh toifasi boʻyicha boʻlib oʻtdi.

 

Unda Nurmatov Mironshoh Nuriddin oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati) 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Cobalt avtomobili sohibiga aylandi.

 

Keyingi oʻrinlardan joy olganlar:

2-oʻrin — Qalandarova Hulkaroy Navfar qizi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) 50.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi;


3-oʻrin — Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi (Andijon viloyati) 30.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi;

 

Taʼkidlash lozim, mazkur final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Maʼlumot uchun, tanlovning 10-14 yoshlilar oʻrtasida oʻtgan final bosqichida samarqandlik ishtirokchi Muxammadiyeva Nargiza Ulmas qizi 417,4 ball bilan birinchi oʻrinni egallagan va u ham Cobalt avtomobili bilan taqdirlangan edi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Yosh kitobxon” tanlovining navbatdagi final bosqichi 20-30 yoshlilar oʻrtasida boʻlib oʻtadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//