Sportni rivojlantirish assosiatsiyasi tashkil etiladi

Saqlash
16:02 / 20.02.2024 1183 0

Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assosiatsiya tarkibiga kiradigan yangi tashkilotning vazifasi nogironligi boʻlgan fuqarolarni sportga jalb qilishdir.

 

Assosiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib boradi.

 

Shuningdek, nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida taʼsirchan mediakontent, filmlar tayyorlanadi.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida oʻziga ishonch va qatʼiyat tuygʻusini oshiradigan badiiy asarlar yaratiladi.

 

Aholining barcha qatlamini hisobga olgan holda telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismi surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//