Toshkent dunyodagi eng havosi ifloslangan shahar deb topildi

Saqlash
10:02 / 21.02.2024 674 0

Roʻyxatning eng yuqori beshligida, shuningdek, Pokistonning Lahur, Bangladeshning Dakka, Hindistonning Dehli hamda Qirgʻizistonning Bishkek shaharlari joy olgan.

 

 

Ayni vaqtda Poytaxtning Yunusobod tumani havosi eng iflos hudud deb baholanmoqda.

 

 

Roʻyxatda 247 AQI bilan “peshqadam” boʻlgan Toshkent shaharining hozirgi havosi sogʻliq uchun juda zararli. Aynan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 201-300 AQI boʻlgan shahar aholisini ogohlikka chaqiradi. Bunda nafas olish yoʻllari kasalliklari, masalan, astma bilan ogʻrigan odamlar bunday paytda ochiq havoda yurmasligi, bolalar ham ochiq havoda qolib ketmasligi tavsiya etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish